Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron armiyasi sun’iy intellektga asoslangan o‘ta maxfiy quroli borligini ma’lum qildi
Ta’kidlanishicha, bu texnologiyalar shu qadar rivojlanganki, mojaro yuzaga kelganda dushmanning «omon qolish imkoniyati yo‘q».

Foto: presstv.ir
Eron armiyasi quruqlikdagi kuchlari qo‘mondoni, brigada generali Kayumars Haydariy so‘zlariga ko‘ra, mamlakat sun’iy intellekt (SI) bilan ishlaydigan maxfiy qurolni ishlab chiqqan. Bu haqda Press TV xabar berdi.
Generalning ta’kidlashicha, arsenal mamlakat ichida ishlab chiqilgan ham maxfiy, ham «o‘ta maxfiy» tizimlarni o‘z ichiga oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu texnologiyalar shu qadar rivojlanganki, mojaro yuzaga kelganda dushmanning «omon qolish imkoniyati yo‘q».
Harbiy texnologiyadagi SI tizimlarga ma’lumotlarni mustaqil ravishda tahlil qilish, qarorlar qabul qilish va operatsiyalarning aniqligini oshirish imkonini beradi. Masalan, bunday texnologiyalar dronlarda yoki raketa tizimlarida nishonni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin. Haydariy tafsilotlarni keltirmadi, lekin bu tizimlar Eronning jangovar salohiyatini oshirib, milliy manfaatlar himoyasini ta’minlashini ta’kidladi.
Bayonot Eron tomonidan harbiy faollikning kuchayishi, jumladan, yaqinda harbiylarga yangi dronlar va kuzatuv tizimlari yetkazib berilishi fonida yangradi. Bu mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash strategiyasining bir qismi ekani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi

18:30 / 27.07.2025