Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 80 yoshli maktab direktori talaba bo‘lgan bitiruvchilariga stipendiya to‘lamoqchi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida joylashgan maktabning 80 yoshli direktori talaba bo‘lgan bitiruvchilariga stipendiya va'da qilgan. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Denov tumanidagi 1-maktab direktori Xosiyat Qorayeva oliy ta'lim muassasasiga talabalikka qabul qilinadigan bitiruvchilariga o‘z nafaqa pulidan har oy stipendiya berishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, 65 yildan buyon maktabda o‘quvchilar bilimini oshirib kelayotgan, bugungi kunda, 80 yoshida ham 1-sonli maktabga direktorlik qilib kelayotgan pedagog har oy oladigan nafaqa pulini iqtidorli o‘quvchilarga tarqatib kelmoqda
Ta'kidlanishicha, Xosiyat Qorayeva ayni paytda o‘zining 2,3 million so‘m nafaqasini to‘liq ta'lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishga sarflab kelmoqda. Endi u nafaqat o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabning iqtidorli o‘quvchilariga, balki shu maktabdan oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirgan talabalarga ham stipendiya to‘lashni maqsad qilgan.
Mavzuga oid

14:44
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025