Jamiyat | 20:36 / 04.07.2025
1311
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

Ular davlat zaxirasidagi yerni sotishni va’da qilib, kelishilgan puldan 300 mln so‘m olganida qo‘lga tushgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Denov tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda M.N. ismli shaxs va kadastrlar palatasi Oltinsoy tumani bo‘limi muhandisi A.N. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.Y.ning ishonchiga kirgani aniqlangan. Ular ushbu fuqaroga Oltinsoy tumani «Ipoq» MFY hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 65 sotix yer maydonini 1,1 milliard so‘mga sotishga kelishib, shundan 300 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Bag‘dod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Sh-B.» fermer xo‘jaligi ishchisi Sh.Yu. fuqaro F.B.ning ishonchiga kirib, unga ushbu fermer xo‘jaligiga qarashli 26 sotix hamda tutash hududdagi suv yetkazib berish xizmatiga qarashli muhofaza zonasidagi 14 sotix yer maydonini 60 ming dollarga sotishga kelishib, oldindan 35 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid