Silni davolash uchun 23ta dori qo‘llaniladi, shundan 8tasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi - vazir o‘rinbosari
"24 mart - Xalqaro silga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlik” mavzusida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi tashkil etildi.

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, sessiyada sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi o‘rinbosari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari ishtirok etmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2019 yilda 10 mln nafardan ortiq odam sil kasalligini yuqtirib olgan va shu bir yilning o‘zida 1,4 mln odam shu kasallikdan vafot etgan. O‘lim ko‘lami bo‘yicha koronavirusni ham ortda qoldiradigan bu kasallik bilan butun dunyoda kurashiladi. 1982 yil 24 martdan buyon shu sana “Xalqaro silga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanadi.
Sessiyada ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Sobirov shunday ma'lumotlar berdi:
“O‘zbekistonda silga qarshi kurashish bo‘yicha alohida qonun bor. Unga ko‘ra bu kasallikni davolash budjet hisobidan amalga oshiriladi. Nafaqat O‘zbekiston fuqarolari, balki davlatimiz hududida bo‘lgan chet el fuqarolari ham sug‘urta so‘ralmagan holda beg‘araz davolanadi. Ayni paytda respublika bo‘yicha 17ta ftiziatriya maskanlari tashkil etilgan va rekonstruksiya qilingan. Bu maskanlar mutaxassislari koronavirusga qarshi kurashda ham katta yordam qilishdi. Umuman, sil kasalligiga qarshi kurashda profilaktikaning ahamiyati juda katta.
Sil kasalligiga qarshi kurashda dorilar to‘liq budjet va xalqaro grantlar hisobidan ta'minlanadi. Umuman, tuberkulyozni davolash uchun 23 xil dori vositasi qo‘llanilsa, shundan 8tasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi, yil oxiriga qadar yana ikkita dori vositasi qo‘shiladi va jami 10 xil dori o‘zimizda ishlab chiqarilgan bo‘ladi”, dedi vazir o‘rinbosari.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil aviazarbasi G‘azo shahridagi oxirgi shifoxonaning bir qismini vayron qildi
Jahon | 19:47
-
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 19:11
-
HUAWEI nova 13 seriyasi: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun ideal smartfon
O‘zbekiston | 19:00
-
Britaniya YeIdan go‘sht va sut mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

22:00 / 27.03.2025
«Koykalar yetishmayapti». Ukrainaga bostirib kirgan rossiyalik harbiylar orasida silga chalinganlar kasalxonalarni to‘ldirdi

10:28 / 01.02.2025
«Bundan fojia yasamaslik kerak» – Toshkentda silga chalingan maktab o‘quvchisi holati haqida ma’lumot berildi

12:22 / 24.01.2025
Toshkentdagi maktab o‘quvchilarining 2 nafarida sil aniqlandi

17:48 / 01.11.2024