Rossiya aviakompaniyasi Namanganga parvozlarni boshlaydi

Foto: RIA Novosti
4 dekabrdan boshlab S7 Airlines Novosibirsk - Namangan - Novosibirsk yo‘nalishi bo‘ylab muntazam reyslarni amalga oshira boshlaydi. Bu haqda Tolmachyovo aeroporti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Reyslar seshanba kuni, yo‘lovchilarni iqtisod va biznes-klass salonlarida tashishga mo‘ljallangan Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Novosibirskdan S7 3307 reysi soat 13:55da parvoz qiladi va 14:55da Namanganga yetib keladi. S7 3308’ning Namangandan Novosibirskka parvozi 16:25da boshlanadi, yetib kelishi esa - 21:20da. Har bir aeroport uchun mahalliy vaqt ko‘rsatilgan.
Yangi reys ochilishi bilan Novosibirskda S7 Airlines yo‘nalish tarmog‘i bo‘yicha ikki tomonlama parvozlar O‘zbekiston fuqarolari hamda Uzoq Sharq va Sharqiy Sibir shaharlari aholisiga qulaylik yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona va Irkutsk to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys bilan bog‘lanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:54 / 05.04.2025
Yana Namangan: mashinani ijaraga olgan o‘quvchilar ayanchli YTHga uchradi

17:34 / 05.04.2025
Norin daryosida ikkinchi GES qurilishi boshlandi

21:33 / 04.04.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

17:55 / 01.04.2025