Shaharsozlik normalari qayta ko‘rib chiqiladi

Foto: Getty Images
O‘zbekiston 2021 yil oxiriga kelib Jahon banki guruhining «Biznes yuritish» hisoboti «Qurilish uchun ruxsatnomalar olish» indikatori bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakatlari qatoridan o‘rin olish niyatida.
Qurilish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy standartlarini joriy etish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida normativ-huquqiy bazani to‘liq qayta ko‘rib chiqish ham ko‘zlanmoqda. Hujjat loyihasi muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Yangi tartib
Uni to‘rt bosqichda joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shaharsozlik normalari qayta ko‘rib chiqiladi
2019-2021 yillarda davlat qurilish standartlari, texnik reglamentlar, qurilish normalari va qoidalari bosqichma-bosqich qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga alohida e'tibor qaratiladi.
Shaharsozlik kodeksining yangi tahriri ishlab chiqilishi lozim. Kodeks uni amalga oshirishga doir protsessual mexanizmlarni o‘zida jamlashi kerak, shu jumladan:
• asosiy prinsiplar, funksiyalar va qurilishni davlat tomonidan tartibga soluvchi organlar, normativ-texnik hujjatlarni joriy etish va ularning kataloglarini yuritish, qurilish sohasida akkreditatsiyalash tartibi;
• bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilishga buyurtmanomalarni kelishish, davlat pudrat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi;
• shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, qurilish obektlarining qurilish inspeksiyasini amalga oshirish va foydalanishga qabul qilish tartibi;
• loyihalashtirish va qurilish sohasida ishlovchi arxitektorlar va muhandislar malakasiga qo‘yiladigan talablarni, ularning javobgarlik darajasini, shu jumladan moddiy javobgarlik darajasini belgilagan holda qurilish sohasini professional jihatdan tartibga solish;
• o‘tish davri qoidalari va, shu jumladan qurilish nazorati sifatini, konstruktiv xavfsizlikni, javobgarlik va sug‘urta tartibga solinishini, qurilish faoliyati sub'yektlari raqobat muhitini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta'minlovchi boshqa masalalar.
Infratuzilma modernizatsiyalanadi
Xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va mamlakat hududiga ilk bor olib kiriladigan qurilish asbob-uskunalari, texnikasi, materiallari va buyumlarini sertifikatlaydigan sinov laboratoriyalarini tashkil etish taklifi ilgari surilmoqda.
Qurilish obektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ta'mirlash sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat turlari sertifikatlashtirish, akkreditatsiyalash va litsenziyalash orqali tartibga solinishini qayta ko‘rib chiqish lozim. Loyihalashtirish va qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashning soddalashtirilgan mexanizmini tasdiqlash rejalashtirilmoqda, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
• 2019 yil 1 martdan loyihalashtirish va qurilish sohasidagi faoliyatni sertifikatlashtirish vakolatlarini O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasiga, qurilish sohasidagi akkreditatsiyalashni esa LBMA huzuridagi Akkreditatsiya markaziga topshirish;
• O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasining loyihalashtirish va qurilish sohasida sertifikatlashtirish uchun mas'ul xodimlarining malakasi va tajribasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
• aniq, batafsil litsenziya talablari va shartlari qayd etilgan litsenziya bitimi imzolanishini bekor qilish, shuningdek litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishning samarali mexanizmi.
Taklif etilayotgan chora-tadbirlar kompleksi qurilish sohasidagi kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarning keng spektrini nazarda tutadi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 19:11
-
HUAWEI nova 13 seriyasi: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun ideal smartfon
O‘zbekiston | 19:00
-
Britaniya YeIdan go‘sht va sut mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi
Jahon | 18:55
-
Kiyev yana bir F-16 qulagani va uchuvchi halok bo‘lganini tasdiqladi
Jahon | 18:08
Mavzuga oid

17:50 / 13.01.2025
2024 yilda dunyodagi eng tirband shaharlar reytingi tuzildi

16:43 / 21.12.2024
Shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

18:34 / 11.12.2024
Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur - Konstitutsiyaviy sud

18:47 / 23.07.2024