Dibala Messi va Ronaldu o‘rtasidagi farqni tushuntirdi

«Yuventus» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Paulo Dibala klubdagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu va terma jamoadagi safdoshi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men Messi va Ronaldudan biror narsa o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lgan dunyodagi yagona futbolchiman. Ularning orasida farq ko‘rmayapman, har ikkalasi ham ajoyib futbolchi.
Krishtianu Ronaldu mashg‘ulotlarda to‘xtovsiz ishlaydi, u g‘alabaga juda chanqoq. Albatta bunday futbolchining jamoada borligi natijasida, boshqalar kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Ammo muhimi - jamoaning g‘alabasidir», — deb Dibala so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.
Mavzuga oid

09:36 / 05.06.2025
40 yoshli Ronaldu Portugaliyani Millatlar ligasi finaliga olib chiqdi

15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi

14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi

15:28 / 30.01.2025