Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
Ronaldu ketma-ket 22 yil terma jamoa safida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Foto: Stringer/Reuters
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoa safida ketma-ket 22 yil gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
23 mart kuni Ronaldu Daniya terma jamoasiga qarshi Millatlar ligasining chorak final uchrashuvida gol urdi. Uchrashuv 5:2 hisobida Portugaliya foydasiga hal bo‘ldi. Bu portugaliyaliklarga turnirning yarim finaliga chiqish imkonini berdi. Millatlar ligasi yarim finalida Fransiya, Germaniya va Ispaniya terma jamoalari ham to‘p suradi.
Ronaldu faoliyatidagi 929-golini, Portugaliya terma jamoasi safidagi 136-golini kiritdi.
2023 yilning yanvarida Ronaldu oilasi bilan Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tdi va «Al-Nasr» hujumchisiga aylandi. Mamlakatda erkak va ayolning nikohsiz bir uyda yashashi taqiqlanganiga qaramay, afsonaviy futbolchiga farzandlarining onasi Jorjina Rodriges bilan birga yashashga ruxsat berildi.
Futbolchining jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2024-25 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Avvalroq OAV tomonlar mehnat shartnomasini uzaytirishga kelishib olgani haqida xabar bergan edi. Yangi shartnoma shartlariga ko‘ra, Ronaldu klubning 5 foizlik ulushiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid

19:05 / 26.06.2025
Ronaldu Saudiya Arabistonida qoldi

09:16 / 26.06.2025
Portugaliya fuqarolik olish qoidalarini qat’iylashtiryapti

00:22 / 18.06.2025
Ispaniya va Portugaliyada aprel oyida yuz bergan blekaut sabablari aniqlandi

11:11 / 09.06.2025