Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan qo‘l jangi bo‘yicha chempionlar ligasi xalqaro turniriga mezbonlik qildi
24 iyul kuni Namangan shahrining Navbahor markaziy o‘yingohida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha xalqaro turnir o‘tkazildi. Musobaqada jahon chempionlari, shuningdek, o‘z qit'asi va davlatida tengsiz deb topilgan sportchilar kuch sinashdi.
Turnirga Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov nutqidan so‘ng start berildi. Xalqaro qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Sergey Astaxov hamda mashhur promouter Vladimir Xryunov rasmiy mehmon sifatida tashrif buyurdi.
Jamoaviy tarzda o‘tkazilgan musobaqada o‘zbekistonlik jangchilar Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlaridan kelgan sportchilarga qarshi ringga ko‘tarilishdi. Besh vazn toifasida bo‘lib o‘tgan janglarning barchasida o‘zbekistonlik sportchilarning qo‘li baland keldi.
O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari qo‘l jangi federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan turnir televideniye orqali jonli tarzda efirga uzatib borildi. Janglar oldidan taniqli san'atkorlar tomonidan badiiy dastur namoyish etildi.
Mazkur musobaqaning to‘liq tafsilotlari keyinroq kun.uz saytida yoritiladi.
Mavzuga oid

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025