Qozog‘istonda 52 o‘zbekning hayotini olib ketgan yong‘in bo‘yicha ish sudga oshirildi

Foto: Qozog‘iston FVV
Yanvarda Qozog‘istonning g‘arbida 52 kishining hayotini olib ketgan avtobusdagi yong‘in bo‘yicha jinoiy ish sudga topshirildi.
Voqea Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatida yuz bergandi. Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. Avtobusda hammasi bo‘lib 57 kishi bo‘lgan. 5 kishi, jumladan avtobusning haydovchilari bo‘lgan 3 qozog‘istonlik tirik qolgandi. Avvalroq prokuratura yong‘inga haydovchilar tomonidan avtotransportdan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu yong‘inda 5 kishi: avtobusning haydovchilari va avtobusning reys oldi texnik ko‘rigiga javob bergan “Aziya tranzit servis” kompaniyasining ta'sischisi va mexanigi aybdor deb topilgan.
Kompaniya ta'sischisi tijorat tashkilotlarida o‘z vazifalarini tegishlicha bajarmaslik, ikki yoki undan ko‘proq shaxsning o‘limiga olib kelgan, nosoz avtotransportni foydalanishga chiqarish, rasmiy hujjatni qalbakilashtirish, qalbaki hujjatdan foydalanish moddalari bo‘yicha javob beradi.
Mexanik esa ikki yoki undan ko‘proq shaxsning o‘limiga olib kelgan, nosoz avtotransportni foydalanishga chiqarish, haydovchilar esa ikki yoki undan ko‘proq shaxsning o‘limiga olib kelgan, avtotransportdan foydalanish qoidalarining buzilishi va ehtiyotsizlik sababli ikki yoki undan ko‘proq shaxsning o‘limiga olib kelgan, yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi moddalari bo‘yicha javob beradilar.
Haydovchilarga ehtiyot chorasi sifatida hibsga olish, kompaniya ta'sischisi va mexanigiga esa garov puli evaziga ozodlikda qolish chorasi qo‘llangan. Bundan tashqari, avtobus egasi xalqaro qidiruvga berilgan.
Mavzuga oid

15:58 / 18.04.2025
Toshkentda erkak o‘zaro kelishmovchilik ortidan tanishining Teslaʼsini yoqib yubordi

19:12 / 17.04.2025
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi

01:32 / 16.04.2025
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

08:12 / 14.04.2025