Toshkentda niqob kiyib bosqinchilik sodir etgan uch erkak va bir ayol ushlandi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, 10 mart kuni soat 04.00larda 4 nafar noma'lum shaxslar yuzlariga niqob kiygan holda, 1982 yilda tug‘ilgan M.S.ning uyiga bostirib kirib, uni tanasining turli joylariga qo‘llari bilan urib tan jarohat yetkazib, pullari, hamda 2 turdagi “Samsung” va “Nokiya” mobil telefonlarini olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Sariqqamish mahallasida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan D.A., Sariosiyo tumani Jarobod mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan A.A. va Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Oltinko‘l mahallasida ro‘yxatda turib, vaqtincha Sergeli tumani Bezakchi 2-tor ko‘chasida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan B.B., Sariosiyo tumani Jarobod mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan T.N.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mavzuga oid

21:12 / 18.04.2025
Toshkentda noma’lum shaxs soxta qurol bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

16:51 / 17.04.2025
Toshkentdagi Jaloyir ko‘chasi 3 kunga yopiladi

09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

18:17 / 16.04.2025