Toshkentda Telegram orqali narkotik moddalar sotib kelgan 5 kishi qo‘lga olindi
Narkoguruh a’zolari mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan giyohvandlik vositalarini Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarida sotish bilan shug‘ullangan.

Foto: Videodan kadr
DXX va IIV hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ijara asosida yashab kelayotgan, Telegram orqali giyohvandlik vositalari savdosini amalga oshiruvchi narkodo‘konning 5 nafar a’zosi qo‘lga olindi.
Ular 400 gr «Alfa-PVP» sintetik narkotik moddasini 0,3 grammdan qadoqlagan holda Andijon viloyatidagi mijozlarga yetkazish maqsadida olib ketayotganliklari ma’lum bo‘lgan.
Qo‘lga olingan shaxslarning ko‘rsatmasi asosida, ular tomonidan Andijon viloyatidagi 53 ta xufiya joyga joylashtirilgan har biri 0,3 grammdan bo‘lgan «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkodo‘kon operatori vazifasini bajaruvchi, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi 22 yoshli shaxs Yangihayot tumani hududida ushlanib, unga tegishli avtomashinaning yukxonasi va salon qismidan 986 gramm gashish moddasi hamda 7 kilogramm «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik vositasi olingan.
Ta’kidlanishicha, narkoguruh a’zolari mamlakatga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan giyohvandlik vositalarini Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarida sotish bilan shug‘ullangan.
Hozirda ularning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:04 / 27.06.2025
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi

20:03 / 27.06.2025
Toshkentda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish boshlandi

15:06 / 27.06.2025
Toshkentda yana bir avtobusda yong‘in chiqdi

12:41 / 27.06.2025