Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda daraxtlarning raqamli reyestrini yaratish boshlandi
Ish jarayonida sun’iy intellekt, GPS uskunalari, fotofiksatsiya va yashil maydonlarni asboblar yordamida o‘lchashni o‘z ichiga olgan zamonaviy texnologiyalar qo‘llanadi.

Foto: Zamin Foundation
«Zamin» fondi ko‘magida Toshkent shahri daraxtlarining raqamli reyestrini yaratish jarayoni boshlandi.
Qayd etilishicha, Ekologiya vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti mutaxassislari o‘quv kurslari, amaliy ishlar, uskunalarni «dala» sharoitida sinovdan o‘tkazganidan so‘ng, shaharning yashil maydonlari haqidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasini yaratishga kirishgan.
Ta’kidlanishicha, raqamli reyestrning daraxtlarning to‘liq hisobini yuritish, uni shahar qurilishini rejalashtirish va shaharsozlik, shuningdek, yerdan foydalanish uchun mas’ul vazirlik hamda idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish, daraxtlarning noqonuniy kesilishining oldini olishga yordam beradi.
Ish jarayonida sun’iy intellekt, GPS uskunalari, fotofiksatsiya va yashil maydonlarni asboblar yordamida o‘lchashni o‘z ichiga olgan zamonaviy texnologiyalar qo‘llanadi. Dendrologlar tomonidan raqamlashtirilib, tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng, reyestrda daraxtlarning aniq soni, turi, yoshi, holati va boshqa muhim xususiyatlarini bilib olish mumkin bo‘ladi.
Yil yakuniga qadar kamida 1 million tup daraxtni green.tashkent.uz platformasidagi elektron bazaga kiritish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025