Peruda avtobusning jarlikka qulashi oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi
Peruda 21 fevral ertalab yo‘lovchi avtobusining jarlikka qulashi oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan. Yana 10 kishi jarohat olgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligida ma'lum qilingan.
Dastlab 35 kishi halok bo‘lgani, 20 kishi yaralangani ma'lum qilingan.
Avtobus Arekipa hududida Panamerika shossesida 200 metr balandlikdan jarga qulagan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi avtobusni boshqara olmay qolgan.
Mamlakat prezidenti Pedro Kuchinski halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Mavzuga oid

20:44 / 04.07.2025
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti

10:24 / 14.05.2025
Zominda jarlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

18:01 / 25.04.2025
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi

17:50 / 16.04.2025