O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishdi

Foto: mfa.uz
Eron poytaxti Tehronda hozir bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamkasbi — Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan uchrashdi. Bu haqida TIV rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama etishdi.
Vazirlar o‘zaro manfaatli barcha sohalarda O‘zbekiston-Eron munosabatlarining mustahkamlanishi va kengaytirilishi har ikki tomon uchun ham qiziq ekanligini tasdiqlashdi.
Minatqaviy muammolar borasida fikrlar almashinish asnosida Afg‘onistondagi vaziyat rivojiga alohida e'tibor qaratildi, jumladan, Toshkentda o‘tkaziluvchi Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy hamjihatlik» xalqaro konferensiyasi tilga olib o‘tildi.
Uchrashuvda BMT, ShHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlik masalalari ham muhokama etildi.
Mavzuga oid

12:12 / 03.06.2025
«Vaqti-soati kelganda tan olamiz» – Komilov O‘zbekiston «Tolibon»ni xalqaro hamjamiyat bilan birga tan olishini aytdi

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida

13:24 / 05.05.2025