O‘zbekiston | 14:35
1348
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi

TIV vakiliga ko‘ra, O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelgan.

Eron va Isroil bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raladi, deb yozmoqda O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov.

«Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani bizda chuqur xavotir uyg‘otmoqda. O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelgan», — deyiladi bayonotda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilish, ushbu mamlakatlarda bo‘lgan fuqarolardan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raladi.

«Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda, fuqarolarimizdan hushyorlikni saqlashni va rasmiy e’lonlarni kuzatib borishni iltimos qilamiz», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil turizm vazirligi mamlakatda vaqtinchalik bo‘lib turgan sayyohlarga xavfsiz tarzda chiqib ketish imkonini beruvchi maxsus raqamli ro‘yxatdan o‘tish shaklini joriy etganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid