Jahon | 09:07
1772
1 daqiqa o‘qiladi

Xususiy tashkilotlarga G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berildi

Isroil yana xususiy tashkilotlarga G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazishga ruxsat berdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi bo‘linmasi. U yerda qo‘shimcha qilinishicha, yuk sektorga olib kirilishidan oldin «qattiq nazorat» ostida bo‘ladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Isroil yana bir bor xususiy tashkilotlarga G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazishga ruxsat berdi. Bu haqda COGAT (Isroil Mudofaa vazirligining Falastin hududlaridagi ishlar uchun mas’ul bo‘linmasi – hududlardagi hukumat faoliyati koordinatori) xabar berdi.

«Xususiy sektor tomonidan tovarlarni bosqichma-bosqich va nazorat ostida olib kirishni qayta tiklash» uchun tartib tasdiqlandi, deya ma’lum qildi COGAT.

Qarordan maqsad - «Birlashgan Millatlar Tashkiloti va xalqaro tashkilotlar yordamiga qaramlikni kamaytirish bilan birga, G‘azo sektoriga kelayotgan gumanitar yordam hajmini oshirish», deyiladi xabarda.

Bu chora bosh vazir Binyamin Netanyahu hukumati qarori natijasida va Isroil xavfsizlik idoralari bilan kelishilgan holda qabul qilindi, deya aniqlik kiritdi AFP agentligi.

Mavzuga oid