O‘zbekiston | 18:05 / 29.01.2018
10776
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari ertaga Turkmanistonga boradi

2018 yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) boshqaruvi a'zosi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan OQXJ boshqaruvi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, tadbir doirasida Turkmanistonning Jamg‘armadagi raisligi davriga mo‘ljallangan ish rejasi va ko‘p tomonlama hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Mavzuga oid