Telefoniga tikilib qolgan ayol ikki metrlik shaxtaga tushib ketdi
Amerikalik 67 yoshli ayol telefonga bor e'tibori qaratgani tufayli ochiq holdagi lyukka (teshikka) tushib ketdi. Bu haqda CBS New York xabar bergan.
Hodisa Nyu-Jyersida yuz berdi. Mahalliy politsiyadagilarning aytishicha, pensioner ayol gaz idorasi xodimlari tomonidan ochib qo‘yilgan lyukni payqamagani tufayli ikki metrli shaxtaga tushib ketgan.
Jabrlanuvchi o‘g‘lining jurnalistlarga aytishicha, uning onasida qandli diabet va ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq muammolar bor.
"U taom qabul qilish vaqti va qondagi shakar miqdorini doimiy ravishda tekshirib boradi. Menga aytishlaricha, u ko‘chada ketayotganida ko‘ngli biroz aynigan. Onam telefonni olib, soat necha bo‘lganini tekshirmoqchi edi", - degan erkak.
Ayol shifoxonaga jiddiy jarohatlar bilan olib ketildi, ayni damda uning ahvoli barqaror holatda ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid

15:22 / 19.04.2025
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi

13:03 / 19.04.2025
Safini kengaytirib olgan HAMAS, Ukraina shaharlariga raketa hujumi va Suriyadagi bazalarini yopayotgan AQSh - kun dayjesti

11:33 / 19.04.2025
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

08:35 / 19.04.2025