Saudiya Arabistoni va BAA Qatarni shakarsiz qoldirdi

Foto: @shalome05 / AP
Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishgandan keyin bu davlatga qand lavlagidan olinadigan shakar eksportini to‘xtatdilar. Bu haqda 5 iyun kuni Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Qatar shakarni asosan Saudiya Arabistoni va BAAdan oladi. Ushbu davlatlar Qatarga yiliga 100 ming tonnaga yaqin shakar yetkazib berishadi.
Avvalroq axborot agentligi Qohira Doha bilan diplomatik aloqalarni uzishini e'lon qilgandan bir necha soat o‘tib Misr banklari Qatarning kredit tashkilotlari bilan hamkorlikni to‘xtatganlarini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, Qatarning QE All Share fond bozorining indeksi savdolar vaqtida 8 foizdan ko‘proqqa tushib ketgan.
5 iyunda 6 ta arab davlati (BAA, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman va Liviya) hamda Maldiv va Mavrikiy Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qildilar.
Mavzuga oid

11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

07:48 / 01.04.2025