Qatar diplomatik aloqalar uzilishiga o‘z munosabatini bildirdi

Qatarning fikricha, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va BAAning Doha bilan diplomatik aloqalarni uzish borasidagi qarori to‘g‘ri emas. Bu haqda mamlakat TIV bayonotida aytiladi.
«Doha aloqalarni uzish haqidagi qarordan afsusda va bu chorani asoslanmagan fikrlarga tayangan hamda to‘g‘ri emas, deb hisoblaydi» - deya Qatar diplomatik idorasi bayonotidan iqtibos keltirgan Al Mayadeen telekanali.
Shuningdek, TIVda ta'kidlashlaricha, ushbu choralar amirlik aholisi hayotiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi.
Avvalroq Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Misr va BAA Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzganliklari haqida ma'lum qilishdi.
Mavzuga oid

17:32 / 18.04.2025
O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi

11:01 / 15.04.2025
BAAda sohilga neft sizib chiqdi: turistlar o‘zlarini yomon his qilmoqda

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025