Do‘konni buzib kirgan mashina sabab yosh bolaning hayoti xavf ostida qoldi (video)
AQShning Michigan shahridagi do‘konlardan birida ham qayg‘uli va ham quvonchli hodisa yuz berdi. Gap shundaki, kiyim-kechak sotilayotgan do‘kon ichiga jip buzib kirdi. Buning oqibatida, mashina u yerda savdo qilayotgan odamlarga jarohat yetkazdi. O‘sha yerda bo‘lgan kichik yoshli bir bola mazkur falokatdan ustiga ag‘darilgan javon sabab bo‘lib, omon qoldi.
Voqeaning batafsil ma'lumoti shunday: 24 yashar ayol o‘z o‘g‘li bilan do‘konga kiradi. Shunda kutilmaganda "Toyota" rusumli avtomobil do‘kon ichiga buzib kiradi. Avtomobil bolasini qutqarishga shoshilgan onani urib yuboradi. Bola esa ustiga ag‘darilgan javon sabab bo‘lib, tirik qoladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, mashina boshqaruvida 78 yashar ayol bo‘lgan.

Mavzuga oid

19:40
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi

18:58
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

21:42 / 05.06.2025