Oyning Yerga yaqinlashishi sayyoramizga qanday ta'sir ko‘rsatadi

Foto: Reuters
13 noyabrdan 14 noyabrga o‘tar kechasi ajoyib tabiiy hodisa – Oyning Yerga eng qisqa masofaga yaqinlashishi, ya'ni superoy deb ataluvchi manzarani ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Superoy unchalik ham noyob hodisa hisoblanmaydi, ba'zi yillarda uni 3 martalab kuzatish mumkin.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu galgi superoy o‘ziga xosdir, ya'ni u superoylar ichida superidir. Superoyda to‘lishgan oy Yerga eng yaqin nuqtadan o‘tadi.
Oydan Yergacha o‘rtacha masofa 384393 km ni tashkil qiladi, bu galgi Superoyda Yerning tabiiy yo‘ldoshi Yerga odatdagidan 30 ming km ga yaqinroq bo‘ladi, ya'ni Yer va Oyni 356 ming 511 km lik masofa ajratib turadi. Buning natijasida u 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq ko‘rinadi.
1948 yilda Oy Yerga hozirgidan 50 km ga ko‘proq yaqinlashgan.
21-asrda Oy Yerga 356500 km dan kamroq masofaga yana ikki marta: 2034 yil 25 noyabrda (356446 km) va 2052 yil 6 dekarbda (356 425 km) yaqinlashadi.
2016 yil 14 dekabrda yana bitta Superoy bo‘ladi, biroq bunda Oy Yerga hozirgidek yaqin kelmaydi.
Afsuski, mutaxassislarning aytishicha, Superoy sayyoramizga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmaydi. Undan avval yoki keyin Yerda qandaydir yirik tabiiy hodisalar yuz berishi qayd qilib kelinadi.
Misol uchun, 2011 yil martda, superoygacha 8 kun qolganda Yaponiyada falokatli sunami keltirib chiqargan kuchli zilzila yuz bergandi.
2015 yilda superoy 30 avgust va 28 sentabrda yuz bergan. Birinchi va ikkinchi superoy orasidagi vaqt davomida Meksika sohillari yaqinida 6,6 magnitudali va Indoneziya sohillari yaqinida 6,3 magnitudali ikkita kuchli zilzila yuz bergan.
2004 yil Janubiy-Sharqiy Osiyodagi talofatli zilzila superoydan ikki hafta oldin yuz bergan.
Bu galgi superoydan nimalar kutish mumkinligini hech kim bilmaydi. Ba'zi tadqiqotchilar superoy nafaqat zilzilalar, balki vulqonlar otilishi, suv toshqinlari, bo‘ronlar va boshqa texnogen falokatlarni keltirib chiqaradi, deb hisoblaydilar.
Mutaxassislar Oyning Yerga yaqinlashishi sayyoramiz uchun osoyishta o‘tmaydi, Yer uning bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita ta'sirini sezadi, deb qayd qiladilar. Zilzilalar yer qa'rida avj olib keladi. Ularni litosfera plitalari harakati, zo‘riqishi va deformatsiyasi tayyorlaydi. Oyning gravitatsion ta'siri esa bu jarayonlarga biroz turtki berib yuborishi, ya'ni o‘ziga xos "tepki" bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Biroq olimlar bu mexanizm qanday yuz berishini Nyuton zamonlaridan beri tushunishga harakat qilib keladilar, biroq hozirgacha bunga aniq javob topa olmay kelmoqdalar.
Darvoqe, 13 noyabrda Yangi Zelandiya sohillari yaqinida kuchli zilzila yuz berdi. Ehtimol, bu tabiiy ofat joriy superoyning ta'siri natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

01:07 / 03.04.2025
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi

19:06 / 10.03.2025
Oyga yana bir xususiy kompaniya kosmik apparati qo‘ndi. Ammo missiya 24 soatga bormay yakunlandi

18:13 / 02.03.2025
Xususiy kompaniyaga tegishli kosmik apparat ilk bor Oyga qo‘nishni amalga oshirdi

14:06 / 27.02.2025