MacBook'ni Intel protsessorlariga o‘tkazgan muhandisni Apple Store'ga maslahatchi qilib olishmadi

62 yoshli muhandis 2008 yilda nafaqaga chiqqan. U Marklar koporativ loyihasi ustida olib borgan ishlari bilan tanilgan, u Intel protsessorlari bilan bog‘liq Mac OS versiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Sheynbergning turmush o‘rtog‘i Kim erining 2001 yilda rahbariyatga taqdim etilgan ishlari natijasini shunday tasvirlagan:
"Apple'ning dasturiy ta'minot bo‘yicha vitse-prezidenti Bertran Serle Intel protsessorli oddiy kompyuterda Mac OS'ning o‘rnatilganini ko‘rib, Sheynbergdan so‘raydi: "Bu Sony VAIO'da ishlashi uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi? Ikki haftami? Uch?" - "Ko‘pi bilan ikki-uch soat", - deya javob beradi Jon. Shundan so‘ng uni do‘konga jo‘natishadi, u yerda Jon eng qimmatbaho VAIO'ni xarid qiladi va kechga borib unda Mac OS ishlaydi. Ertasiga ertalab Stiv Jobs Sony prezidenti bilan uchrashish uchun Yaponiyaga yo‘l oladi".
Oxir-oqibat, Apple PowerPC arxitekturasidan Intel protsessorlariga o‘tish haqida faqat 2005 yilga kelib e'lon qildi.
Sheynberg boy tajribasi bilan hech qanday qiyinchiliksiz Apple Store'ning Genius Bar bazasiga (bepul maslahatlar va foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutaxassis) ishga joylashishi mumkin, deb hisoblardi. Jamoaviy intervyudan so‘ng unga "albatta siz bilan bog‘lanamiz" deyilgan, biroq qo‘ng‘iroqdan darak ham bo‘lmadi.
New York Times'ning taxminlariga ko‘ra, bunday rad etishlar ishchining yoshi bilan bog‘liq, zero rahbarlar xodimlari qatorida o‘zidan katta yoshdagilarni ko‘rishni xohlashmaydi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil aviazarbasi G‘azo shahridagi oxirgi shifoxonaning bir qismini vayron qildi
Jahon | 19:47
-
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 19:11
-
HUAWEI nova 13 seriyasi: Zamonaviy foydalanuvchilar uchun ideal smartfon
O‘zbekiston | 19:00
-
Britaniya YeIdan go‘sht va sut mahsulotlari olib kirilishini taqiqladi
Jahon | 18:55
Mavzuga oid

20:49 / 05.03.2025
Apple yangi MacBook Air noutbukini taqdim qildi

15:06 / 24.02.2024
«Ish bu – shunchaki ish» – nega hozirgi yoshlar ishni faqat moddiy tarafiga qarab tanlaydi?

18:26 / 21.02.2024
«Xodimni zombi kabi manipulyatsiya qilib ishlatishadi»: davlat xizmatchilarining ayollari nima deydi?

11:51 / 02.12.2023