Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ofisdan 560 ming dollarni o‘marib ketgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahrining Mirobod tumanida o‘g‘rilik jinoyati sodir etildi. Gumonlanuvchilar ofisdan 560 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab chiqib ketgan.

Foto: Videodan kadr
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatga ikki nafar shaxs qo‘l urganligi aniqlangan. Ular o‘ziga tegishli bo‘lgan "Jyentra" avtomashinasida kelgan.
Voqeaga joyiga chiqib o‘rganilganda, ushbu firmaning boshlig‘i o‘ziga tegishli bo‘lgan xonadagi seyfda 560 ming AQSh dollari va ikki dona flesh-karta hamda hujjatlar bo‘lganini ma’lum qilgan.
Ikki nafar shaxs ushbu joyga "Jyentra" avtomashinasida kelgani aniqlanib, ichkariga kirganidan so‘ng seyfni butunligicha ko‘tarib oynadan uloqtirishgan. So‘ngra pastdan ikki nafar shaxs uni ko‘tarib avtomashinaga yuklagan va noma’lum tomonga yashiringan.
Gumonlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritilib qo‘lga olingan va yetkazilgan zarar - 440 ming AQSh dollari hamda bir dona "Honda" mototsikli qaytarilgan.
Ushbu ushlangan shaxsning ko‘rsatmalari asosida yashash xonadoniga borilganida, u xonadonning yerto‘la qismida seyfni "bolgarka" orqali kesib ochgani, pullarni o‘zlashtirgani, so‘ng seyfni kanalga uloqtirgani ma’lum bo‘lgan.
Mavzuga oid

11:50 / 03.08.2025
Toshkentdagi Mangal fest’da janjal yuzaga keldi

22:03 / 31.07.2025
Avstriyada bankomat o‘g‘rilarining mashhur to‘dasi a’zolari hibsga olindi

07:28 / 16.07.2025
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi

18:29 / 08.07.2025