Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi
Podpolkovnik jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib berishni va’da qilib, ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming dollar olgan. U bergan va’dasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu pulning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ushlandi.

Foto: Kun.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX va Bosh prokuratura xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ichki ishlar organlari tizimida qonunbuzilish holati aniqlandi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining bo‘linma boshlig‘i, podpolkovnik harbiy unvonida bo‘lgan U.S. Yakkasaroy tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishni va’da qilib, muqaddam ayblanuvchining qarindoshidan 18 ming AQSh dollari oladi.
Ammo, u bergan va’dasining uddasidan chiqa olmagach, ushbu mablag‘ning bir qismini qaytarayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:16 / 05.08.2025
Toshkentda ofisdan 560 ming dollarni o‘marib ketgan shaxslar ushlandi

11:50 / 03.08.2025
Toshkentdagi Mangal fest’da janjal yuzaga keldi

20:29 / 02.08.2025
Organ xodimlarining talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

17:30 / 01.08.2025