O‘zbekiston | 11:12 / 01.08.2025
4063
2 daqiqa o‘qiladi

DXX fuqaroni aeroportga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi

Dastlabki surishtiruv davomida, mazkur shaxs aeroportga ishga joylab qo‘yish uchun o‘nga yaqin fuqarodan 500-1000 dollar miqdorida pul olganiga iqror bo‘lgan. 

Foto: DXX

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti Aviatsiya xavfsizlik xizmati qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi ushlandi.

DXX xabariga ko‘ra, u poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaroni aeroportda faoliyat yurituvchi mansabdor tanishlari orqali Qo‘riqlash bo‘linmasi nazoratchisi lavozimiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, evaziga 500 AQSh dollari talab qilgan.

DXX va IJQK departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu nazoratchi talab qilingan 500 AQSh dollari pul mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv davomida, mazkur shaxs aeroportga ishga joylab qo‘yish uchun o‘nga yaqin fuqarodan 500-1000 AQSh dollari miqdorida pul olganligiga iqror bo‘lgan. 

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Hozirda ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan boshqa fuqarolarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid