Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FTB: Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi maxfiy hujjatlar topildi
Fox News Digital manbasiga ko‘ra, FTB tomonidan topilgan hujjatlar AQSh hukumatida Klintonga saylovda yordam berish rejasi bo‘lgani haqidagi iddaoga ishonch bag‘ishlaydi.

Kesh Patel Foto: Alex Brandon/AP Photo/picture alliance
Federal tergov byurosi direktori Kesh Patel 2016 yilgi saylovlar munosabati bilan Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha tergovga doir maxfiy hujjatlar to‘plamini topganini da’vo qilmoqda – ular go‘yoki FTB ichidagi maxfiy xonada bir nechta «yoqish uchun olib qo‘yilgan qoplarda» bo‘lgan. Bu haqda 30 iyul, chorshanba kuni Fox News Digital manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, hujjatlardan biri 2023 yilda Trampning Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha tergov ishida FTB o‘ziga xos bo‘lmagan ish tutganini aytgan AQShning sobiq maxsus maslahatchisi Jon Darem hisobotining maxfiy ilovasi bo‘lgan.
«Oxir-oqibat, maxfiy ilovaning e’lon qilinishi AQSh hukumati ichida Trampning Rossiya bilan aloqalari haqidagi janjalni kuchaytirish orqali (Hillari) Klinton saylovoldi kampaniyasiga yordam berish bo‘yicha kelishilgan reja borligi haqidagi gapga ko‘proq ishonch bag‘ishlaydi», — dedi Fox News Digital telekanaliga manba.
Manbalarga ko‘ra, minglab hujjatlar bilan to‘ldirilgan bir nechta yoqib tashlash uchun olib qo‘yilgan sumkalar topilgan.
Patel hujjatlarni AQSh Senatining yuridik qo‘mitasi raisi Chak Grassliga topshirdi.
Mavzuga oid

23:35 / 01.08.2025
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

19:02 / 01.08.2025