Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘nlab ko‘p qavatli uylar qurilishi to‘xtatildi: ro‘yxat (yangilandi)
Poytaxt hokimligi 59 ta obektda qurilish to‘xtatilib, elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgani haqida xabar bergandi. “Aynan qaysi obektlar?” degan so‘rovlardan keyin, hokimlik qurilishi to‘xtatilgan tashkilotlarni onlayn tekshirish imkoniyatini yaratdi. Kun.uz ro‘yxatga kiritilgan 45 ta kompaniya va 10 nafar jismoniy shaxsni aniqladi.

Foto: Kun.uz
26 iyul kuni Toshkent shahar hokimligi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta obektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilgani, obektlar elektr ta’minotidan uzib qo‘yilganini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, hokimiyat aynan qaysi obektlar haqida gap ketayotganini ochiqlamagan edi.
29 iyulda Kun.uz'ning bu boradagi so‘roviga javoban, hokimlik matbuot xizmati: “Bulardan 2-3 tasi hujjatlarini to‘g‘rilab, faoliyatini tiklab bo‘ldi. Hozir nomlarini e’lon qilsak, panika bo‘lib ketib, qurilish tashkilotlarining ishbilarmonlik obro‘siga putur yetadi, shunga chiqarmay turibmiz”, deya izoh berdi.
Hokimlik bugun, 30 iyul kuni qurilishi to‘xtatilgan tashkilotlarni onlayn tekshirish imkoniyatini yaratdi. Bu – qurilishga oid murojaatlarning ko‘pligi bilan izohlangan. Ro‘yxat onlayn tarzda yangilanib bormoqda: kamchiliklarni bartaraf etgan quruvchi tashkilotlar ro‘yxatdan chiqariladi, yangi aniqlangan tashkilotlar qo‘shiladi.
Onlayn ro‘yxatdan tekshirish uchun obekt egasining nomini kiritish kerak. Kun.uz ushbu ro‘yxatga kiritilgan tashkilotlar (shuningdek, jismoniy shaxslar ham bor) orasidan 55 tasining nomini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.
Qurilish to‘xtatilgan tashkilotlar:
- “AAA Construction House” MChJ
- “Amirxo'ja Kapital Savdo” MChJ
- “Aql Manbai” MChJ
- “AZ Ruhdil Savdo” MChJ
- “Bakhramov B Invest” MChJ
- “Best Building Company” MChJ
- “BMB Ishonchli Biznes” MChJ
- “Central Park City” MChJ
- “City Oil” MChJ
- “Farxod Farovon Lyuks” MChJ
- “Ferrobeton” MChJ
- “Firdavs-business” MChJ
- “Flower House Group” MChJ
- “Gold Dream-House” MChJ
- “Grand-Express-Service” MChJ
- “Gratis-Buildings” MChJ
- “Guangdong Trade Association” MChJ
- “Humo-NTD-Avtoservis” MChJ
- “Ikat Baraka Group” MChJ
- “Kafil Invest” MChJ
- “Ko'chmas Mulk Lizing” MChJ
- “Kumush Invest-Stroy” MChJ
- “Master Media Production and Broadcast” MChJ
- “Mikrokreditbank” ATB
- “Nejin Parranda” MChJ
- “Nur Ziyod Fayz Biznes” MChJ
- “O2-Development” MChJ
- “Oltin baliq” MChJ
- “Omad Hamkor Humoyun” MChJ
- “Perfect-Mansions” MChJ
- “Peshko' Start Invest Qurilish” MChJ
- “Project Build Group” MChJ
- “Silk Road Ceramic” MChJ
- “Somon-Savdo” MChJ
- “Strong and Perfect Houses” MChJ
- “Strong Sitiy Madad” MChJ
- “Stroy-Golden Grand” MChJ
- “Sunlight Dream” MChJ
- “Turon Meros” MChJ
- “Vivat Mebel” MChJ
- “Yangi Asr Uylari” MChJ
- “Yangi Darxon Stroy Invest” MChJ
- “Yangihayot Stroy Group” MChJ
- “Zamon Binolar” MChJ
Bir muddat oldin ro‘yxatda bo‘lgan “Deko-Kron” MChJ ayni paytga kelib ro‘yxatdan chiqarilgan.
Jismoniy shaxslar:
- Alimbayeva Vazira Ahmatovna
- Igamkulov Isa
- Mirzaraimov Baxodir Toxir o'g'li
- Muxamedov F.
- Osimov Axtam Ahmadovich
- Sagatov Nodir Nigmanovich
- Samandarov Azizbek
- Xabarov Vitaliy Nikolayevich
- A.B.Zakirov
- Sharapova Firuza Sadridinovna
Eslatma: Bu ro‘yxat to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Ro‘yxatdagi tashkilotlar qurilish hujjatlarini olganidan keyin, qonuniy ravishda qurilishini davom ettirishi mumkin.
Mavzuga oid

18:23 / 31.07.2025
Toshkentdagi plyajda dam oluvchilardan biri cho‘kib ketdi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

22:20 / 30.07.2025
Tashkent City Mall'da JW Marriott mehmonxonasi ochiladi

13:51 / 30.07.2025