Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi plyajda dam oluvchilardan biri cho‘kib ketdi

Voqea guvohi Kun.uz'ga taqdim etgan surat
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida joylashgan plyajda bir yigit suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi. Kun.uz'ga yetib kelgan ma’lumotga ko‘ra, fojia bugun, 31 iyul kuni dam oluvchilarning ko‘z o‘ngida ro‘y bergan; plyajga mas’ul xodimlar va boshqalar yigitni qutqarib qololmagan.
Kun.uz'ga murojaat yo‘llagan voqea guvohining so‘zlariga ko‘ra, yigitni cho‘milish havzasi xodimlari emas, dam oluvchilardan biri qirg‘oqqa olib chiqqan va yurak-o‘pka reanimatsiyasini bajargan. Oradan 10 daqiqacha o‘tib, mas’ul tibbiy xodim yetib kelib, u ham reanimatsiyada qatnashgan. Birozdan keyin tez yordam ham yetib kelgan, lekin bu vaqtga kelib, yigit vafot etgan edi.
Toshkent shahar prokuraturasi Kun.uz so‘roviga javoban o‘lim ro‘y berganini tasdiqladi. Tergov tezkor guruhi voqea joyiga yo‘l olgan.
Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

11:22
Uzbekistan Airways Toshkent - Andijon yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni boshlaydi

11:17
Ko‘cha o‘rtasiga panjara: bu qanchalik to‘g‘ri?

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

22:20 / 30.07.2025