O‘zbekiston | 21:49 / 29.07.2025
5801
2 daqiqa o‘qiladi

Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Farmonda ularning tub islohotlar va davlat dasturlari ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirgani, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygani qayd etilgan.

Foto: Kun.uz

Prezident farmoni bilan Andijon viloyati, Asaka tumani rahbarlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Jumladan, «Do‘stlik» ordeni bilan:

- Mo‘minov Nasibulla Nabiyevich - Andijon viloyati, Asaka tumani hokimi.

«Jasorat» medali bilan:

- Mirzakarimov Akmaljon Dilmuradovich - Andijon viloyati, Asaka tumani prokurori;

- Nazirov Shoxruxbek Xolmuxamedovich - Andijon viloyati, Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

- Raximov Ilxomjon Gulamovich - Andijon viloyati, Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i.

«Shuhrat» medali bilan:

- Nabiyev Farxod Kabuljanovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi.

Farmonda ularning tub islohotlar va davlat dasturlari ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirgani, Asaka tumanining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish borasidagi katta xizmatlari, o‘zining boy bilim va tajribasi, tashkilotchilik va tashabbuskorlik qobiliyati bilan hududlar infratuzilmasini takomillashtirib, «Islohotlar shtabi» faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygani, xalq manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, aholi tinchligi va farovonligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi qayd etilgan.

Mavzuga oid