Jahon | 08:25 / 26.07.2025
1829
2 daqiqa o‘qiladi

RF: Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvi yoz oxirigacha yuz bermaydi

Kremlning ta’kidlashicha, davlat rahbarlari uchrashuvi «bu muzokaralardagi voqealar rivojini qayd etish bo‘yicha barcha ishlar bajarilganidan keyingina» mumkin bo‘ladi. Bu esa avgust oyi oxirigacha muloqot qilish imkoniyatini shubha ostiga qo‘yadi.

Foto: AP

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiyning uchrashuvi «ushbu muzokaralardagi voqealar rivojini qayd etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilgan»dan keyingina mumkin bo‘lishi haqida ma’lum qildi. Shu munosabat bilan, Kreml davlat rahbarlarining avgust oyi oxirigacha uchrashishi ehtimoldan yiroq deb hisoblaydi, deya aniqlik kiritdi RIA axborot agentligi Kremldagi manbalarga tayanib.

Peskov «barcha ish» va «ishlanmalar»ni qayd etish deganda aynan nimani nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi. Bir kun avval bo‘lib o‘tgan Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning uchinchi raundini sharhlar ekan, u faqat Rossiya Federatsiyasi u yerda o‘zining konstruktiv kun tartibini belgilab berganini ta’kidlab o‘tdi, bu esa mazmunli ishlashga qaratilgan va aniq natijalarga erishishga olib kelishi mumkin, deb yozadi «Interfaks».

Istanbulda bo‘lib o‘tgan navbatdagi raundda Ukraina avgust oyida yangi, ammo eng yuqori darajada uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Shunday qilib, Kiyevning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida tinchlik kelishuviga erishish uchun AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Moskvaga ajratilgan 50 kunlik muddatga rioya qilinadi.

Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralarining uchinchi raundidan keyin hech qanday muvaffaqiyat kutilmadi, lekin u yerda muhokama qilish uchun taklif etilgan gumanitar mavzular doirasi ijobiy baholanishi kerak, dedi Peskov. U, shuningdek, tomonlarning memorandum loyihasiga yondashuvlari «diametrik tarzda qarama-qarshi» ekanini ta’kidladi.

Mavzuga oid