Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Muzokaralar 23 iyul kuni Istanbulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Foto: Reuters
Rossiya bilan navbatdagi muzokaralar 23 iyul kuni Turkiyada o‘tkaziladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy an’anaviy kechki murojaatida ma’lum qildi.
«Bugun men [Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem] Umerov bilan Turkiyada Rossiya tomoni bilan almashinuv va yana bir uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildim. Umerov uchrashuv chorshanba [23 iyul] kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilganini ma’lum qildi», dedi u.
Avvalroq, Ukraina rahbari Istanbulda asirlarni almashish, Rossiya tomonidan o‘g‘irlangan bolalarni qaytarish va yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilganini aytgan edi.
TASS xabariga ko‘ra, muzokaralar 23 iyul emas, 24 iyul kuni o‘tkaziladi. Rossiya rasmiylari uchrashuv sanasi haqida xabar bermadi.
Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bunga qadar Istanbulda ikki marta uchrashgan: 16 may va 2 iyun. Xususan, tomonlar asirlarni almashishga kelishib olgan va kelishuv memorandumlari versiyalarini bir-biriga topshirgan edi.
Moskva iyun oyi oxirida muzokaralarning yangi bosqichiga tayyorligini ma’lum qilgandi. «Biz aloqadamiz, muzokara guruhlarimiz bir-biri bilan aloqada. Hozir faqat Medinskiydan so‘radim, u faqat bugun Kiyevdagi kontragenti bilan gaplashganini aytdi. Ular asosan 22 iyundan keyin uchrashishga kelishib olyapti», dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 19 iyun kuni.
Mavzuga oid

23:12 / 21.07.2025
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?

21:31 / 21.07.2025
Rossiya Kiyevga, Ukraina Moskvaga hujum qilishi fonida tomonlar muzokaralarga tayyorlanmoqda

20:51 / 21.07.2025
O‘zbekistonning bir qancha fuqarosi telefonida taqiqlangan kanallarga obuna bo‘lgani uchun Rossiyaga kiritilmadi

20:23 / 21.07.2025