Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bakalavriat va magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalarini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz
2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Yangi o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat bo‘yicha uchta ta’lim shakli uchun o‘rin ajratiladi. Jumladan, kunduzgi ta’lim shaklida jami 148 400 talaba o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shundan ta’lim tili bo‘yicha o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
- O‘zbek tili — 124 339 ta;
- Rus tili — 19 125 ta;
- Qoraqalpoq tili — 4 121 ta;
- Qozoq tili — 375 ta;
- Tojik tili — 305 ta;
- Qirg‘iz tili — 75 ta;
- Turkman tili — 65 ta.
Bakalavriatning kechki ta’lim shakli uchun 28 732 ta o‘rin ajratildi. Shundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- O‘zbek tili — 25 563 ta;
- Rus tili — 2 477 ta;
- Qoraqalpoq tili — 437 ta.
Bakalavriat yo‘nalishining masofaviy ta’lim shakli uchun 18 195 ta o‘rin ajratildi. Shundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- O‘zbek tili - 16 000 ta;
- Rus tili - 1 780 ta;
- Qoraqalpoq tili - 415 ta.
Yangi o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasi kunduzgi ta’lim shakli uchun 20 210 ta kvota ajratildi. Shundan ta’lim tili kesimidagi taqsimot quyidagicha:
- O‘zbek tili – 17 263 ta;
- Rus tili – 2 947 ta.
Magistraturaning kechki ta’lim shakli uchun 1 319 ta o‘rin ajratildi: o‘zbek tilida 1 107, ruschada 138, qoraqalpoq tilida 74 ta.
Magistraturaning masofaviy ta’lim shaklida 420 o‘rin: 352 tasi o‘zbek, 53 tasi rus, 15 tasi qoraqalpoq.
2025/2026 o‘quv yilida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari uchun 45 422 ta davlat granti ajratildi. Shundan bakalavriatga qabul qilingan 35 500 talabaning o‘qish xarajatlari davlat budjetidan moliyalashtiriladi. Magistratura bo‘yicha ajratilgan grantlar soni 9 922 ta.
Bundan tashqari, davlat tomonidan yana bir necha yo‘nalishda qo‘shimcha grantlar ajratiladi. Jumladan, xorijiy va nodavlat OTM uchun 1 320 ta grant, xotin-qizlar uchun 4 mingta, chet eldagi o‘zbekistonlik yoshlarga 30 ta.
Mavzuga oid

21:40
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi

19:19 / 24.07.2025
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda til sertifikati talabi bekor qilinmadi

10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

17:16 / 11.07.2025