Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainaning bir qancha hududlariga hujum uyushtirdi
Ukraina kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari turli yo‘nalishlardan hujumkor uchuvchisiz uchoqlarni ommaviy ravishda uchirgan, shuningdek, Ukrainaga raketalar bilan hujum qilgan – Kiyev va ko‘plab viloyatlarda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati
21 iyul, dushanbaga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari turli yo‘nalishlardan raketalar va hujumkor dronlarni uchirdi. «Butun Ukrainada raketa xavfi! MiG-31K samolyotining havoga ko‘tarilishi qayd etildi», — deb xabar berdi Ukraina Havo kuchlari Telegramʼda mahalliy vaqt bilan soat 03:00 lar atrofida.
Avvalroq ular Qora dengizdan «Kalibr» raketalari uchirilgani va Rossiya Federatsiyasining Murmansk viloyatidan X-101 qanotli raketasi tashuvchisi bo‘lgan bir nechta Tu-95 samolyotlari havoga ko‘tarilgani haqida xabar bergan edi. Monitoring kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina hududlariga uchirilgan UUA soni kamida 110 tani tashkil qilgan.
«Dushman tunda Xarkivga 12 marta zarba berdi», deb yozadi shahar meri Igor Terexov Telegramʼda ulardan biri Kiyev tumanidagi ko‘p qavatli uy yaqiniga tushganini ta’kidlab. «Xarkivga havo hujumi oqibatida fuqarolik korxonasida yong‘in bo‘ldi», — dedi Terexov. Elektr tarmoqlari va gaz quvuri ham shikastlangan. Xarkivdagi zarbalarning boshqa oqibatlari va qurbonlar soniga oydinlik kiritilmoqda.
Kiyevning Darnitskiy tumanida hujum oqibatida noturar joy va ko‘p qavatli uyning tomida, supermarketda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Timur Tkachenko Telegramʼda. Unga ko‘ra, Shevchenko tumanida turar joy binosida yong‘in sodir bo‘lgan, boshqa binoda balkonlar yonmoqda. Dnipro tumanida savdo maydonchalarida yong‘in sodir bo‘lgan va bolalar bog‘chasi hududiga parchalar tushgan. Solomenskiy tumanida noturar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Lukyanovskaya metro bekatiga kirish joyi shikastlangan.
Mavzuga oid

00:39
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi

23:12 / 21.07.2025
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?

21:31 / 21.07.2025
Rossiya Kiyevga, Ukraina Moskvaga hujum qilishi fonida tomonlar muzokaralarga tayyorlanmoqda

20:51 / 21.07.2025