Jamiyat | 11:55 / 21.07.2025
1716
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Kecha, 20 iyul kuni soat 14:32 da A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Foto: FVV

Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlangan MAN rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida orqa tirkamasi o‘z o‘qidan chiqib ketib ag‘darilgan. Ushbu holat bo‘yicha amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruv otryadi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan hamda maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida yuk avtomobiliga amaliy yordam ko‘rsatilib, xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga oid