Jamiyat | 10:43 / 17.07.2025
7048
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida ichida to‘rt kishi bo‘lgan «Spark» xandaqqa tushib ketdi

FVV qutqaruvchilari tomonidan Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan «Spark» avtomashinasi olib chiqildi.

Foto: FVV

Kuni kecha A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida «Toshkent-Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «Spark» rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgani va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida «Qamchiq» maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobilda haydovchi va 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga oid