O‘zbekiston | 17:13 / 14.07.2025
14302
2 daqiqa o‘qiladi

Hilola Umarova vazirlikdan ketdi. U endi PA rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga besh nafar o‘rinbosar tayinlandi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Hilola O‘ktamovna Umarova Prezident administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.

Hilola Umarova 2022 yil dekabridan buyon vazir lavozimida ishlab kelayotgandi.

Prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga yana to‘rt nafar yangi o‘rinbosar tayinlangan:

Tamila Anvarovna Aliyeva PA rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Timur Nuryigitovich Butunboyev PA rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Nodira Jalolovna Hakimova PA rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda PA rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Dilnoza Muradovna Ziyamuhamedova PA rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi, u bungacha prezident yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelgandi.

Mavzuga oid