Jahon | 14:52 / 08.07.2025
1903
1 daqiqa o‘qiladi

Nijniy Novgorod aeroportida migrantlarni markirovka qilish boshlandi

Endi o‘z vataniga qaytayotganlar orqa tomonida yozuvi bor yorqin nimcha kiyishi shart.

Foto: Videodan kadr

Rossiyaning Nijniy Novgorod shahri aeroportida migrantlarni markirovka qilish boshlandi. Bu haqda «MK» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, endi vataniga qaytayotganlar orqa tomonida «Podlejit vydvoreniyu» (Chiqarib yuborilishi shart) degan yozuvli yorqin nimcha kiyishi shart.

Ta’kidlanishicha, bu chora nazoratni kuchaytirish va migrantlar qochib ketishining oldini olish maqsadida joriy qilingan: IIV ma’lumotlariga ko‘ra, deportatsiya qilinayotgan shaxslarning ruxsatsiz chiqib ketish holatlari, ayniqsa, sud qarori bilan ketishini kutayotganlar orasida tez-tez uchramoqda.

Xabarga ko‘ra, endi vizual belgilar xodimlarga bunday odamlarni boshqa yo‘lovchilar orasida darhol tanib olish imkonini beradi.

Nijniy Novgorod viloyati Ichki ishlar vazirligining ta’kidlashicha, kelajakda bu amaliyotni temiryo‘l vokzallari, shuningdek, vaqtinchalik hibsxonalarda ham qo‘llash rejalashtirilgan.

Mavzuga oid