Armaniston ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qildi
Mamlakat tashkilotining asosiy tamoyillari, ya’ni hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik va chegaralar daxlsizligini ta’minlashga tayyorligini bildirdi.

Foto: AFP/Getty Images
Armaniston Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish istagini bildirdi, deb xabar qildi Armaniston Tashqi ishlar vazirligi.
Mamlakat tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Pekinga tashrif buyurib, xitoylik hamkasbi Van I bilan uchrashdi. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy tamoyillari, ya’ni hududiy yaxlitlik, kuch ishlatmaslik va chegaralar daxlsizligini ta’minlagan holda, ShHT a’zosi bo‘lishga qaror qilganini tasdiqladi.
Mirzoyan Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Armaniston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni «yangi bosqichga» rasman «ko‘tarish» zarurligini ta’kidladi.
ShHT hozir 10 ta a’zoga ega – Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston, Hindiston, Eron va Belarus.
Mavzuga oid

11:49 / 03.07.2025
Kallas Xitoy kompaniyalarini urushda Rossiyaga yordam berishni to‘xtatishga chaqirdi

08:03 / 03.07.2025
Xitoy YeIni «global barqarorlik» uchun o‘zaro hamkorlikka chaqirdi

21:12 / 02.07.2025
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi

18:04 / 02.07.2025