Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishda kutilmagan muammoga duch keldi
Foxconn Appleʼning Hindistonda joylashgan fabrikalaridan o‘zining yuzlab malakali xodimlarini chaqirib olmoqda. Bu yangi iPhone 17’ni ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Tayvanning Foxconn kompaniyasi Hindistondagi iPhone ishlab chiqariladigan fabrikalardan o‘zining yuzlab muhandis va texniklarini chaqirib oldi, deb xabar beradi Bloomberg.
Qayd etilishicha, bu Appleʼning Janubiy Osiyoda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qaratilgan strategiyasiga jiddiy zarba beradi.
Insayderlarning ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislarning Xitoyga qaytib ketishi qariyb ikki oy oldin boshlangan va allaqachon 300 dan ortiq xodim mamlakatni tark etgan. Mahalliy xodimlarni o‘qitishda muhim rol o‘ynagan malakali xitoylik muhandislarning ketib qolishi ishlab chiqarish texnologiyalarining Hindistonga topshirilishini kechiktiradi va yig‘ish jarayonlari samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, bu mahsulot sifatida ta’sir ko‘rsatmaydi, ammo mazkur voqealar Apple uchun u qadar omadli bo‘lmagan vaqtda ro‘y bermoqda — kompaniya yangi iPhone 17 telefonini Hindistonda ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi.
Xodimlarning chaqirib olinishiga aynan nima sabab bo‘layotgani aytilmagan, ammo ushbu qaror Pekinning texnologiya va malakali ishchi kuchini Xitoyga raqobatchi bo‘lgan davlatlarga bermaslik siyosatiga mos keladi. Hindiston ham bunday davlatlar qatoriga kiradi.
Mavzuga oid

07:40 / 23.07.2025
Xitoy: Rossiyaga qarshi sanksiyalar Xitoy va YeI munosabatlariga zarba berdi

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

20:55 / 22.07.2025
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

08:08 / 22.07.2025