Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Fitch O‘zbekiston kredit reytingini oshirganini e’tirof etdi
«Bu xalqaro hamkorlarimiz uchun muhim signal bo‘lib, kelgusida yanada ko‘proq xorijiy sarmoyalarni jalb etishga xizmat qiladi», deydi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Fitch xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini «BB-»dan «BB» darajasiga oshirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bu 2018 yildan beri kuzatilayotgan birinchi o‘sish holati ekanini qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, Fitch hisobotida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, dunyodagi o‘zgaruvchan va noaniq vaziyatlar sharoitida iqtisodiy barqarorlikni saqlash yo‘lidagi yutuqlar alohida e’tirof etilgan.
Avvalroq S&P va Moody’s reyting agentliklari ham O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosi kutilmasini «barqaror»dan «ijobiy»ga oshirgan edi.
«Bu xalqaro hamkorlarimiz uchun muhim signal bo‘lib, kelgusida yanada ko‘proq xorijiy sarmoyalarni jalb etishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz boshchiligidagi jamoa xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qaratilgan tizimli islohotlarni davom ettiradi. Yo‘limizdan to‘xtamaymiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Mavzuga oid

11:00 / 12.07.2025
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

18:10 / 27.06.2025
Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

22:06 / 23.06.2025