O‘zbekiston | 11:00 / 12.07.2025
1201
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi

Joriy yil 26 iyun kuni Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xorijiy valutadagi uzoq muddatli suveren kredit reytingi «BB-» darajasidan «BB» darajasiga oshirildi. Reyting bo‘yicha prognozi - «Barqaror».

Foto: Navoiyuran

Reytingning ko‘tarilishi davlatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar — makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlat korxonalari boshqaruv samaradorligini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarning ijobiy baholanishini aks ettiradi.

Shu iqtisodiy o‘zgarishlar zamirida, joriy yil iyun oyi oxirida “Navoiyuran” davlat korxonasi xalqaro moliya bozorida 300 million dollar miqdoridagi yevroobligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi. Ushbu operatsiya xalqaro investorlar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi va korxonaning global kapital bozorlariga integratsiyasida muhim qadam bo‘ldi.

Joriy yilning 10 iyul kuni, Fitch Ratings agentligi “Navoiyuran” DKning davlat tashkiloti sifatidagi reytingi (GRE – Government-Related Entity) bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatkichini 20 balldan 30 ballgacha oshirib, “kuchli” (strong) toifa bilan baholandi.

Ushbu reytinglar “Navoiyuran” DKning xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorligi, moliyaviy intizomi hamda uzoq muddatli va barqaror rivojlanishga qaratilgan strategik maqsadlari mavjudligini tasdiqlaydi.

Mavzuga oid