"Navoiyuran" korxonasida ESG tamoyillari asosida yangi standartlar joriy etildi
“Navoiyuran” davlat korxonasi "CERT International" xalqaro sertifikatlash tashkilotining yangi sertifikatlarini qabul qildi. Bu bilan korxonaning xalqaro ISO standartlari soni 7 taga yetgan.

Foto: Navoiyuran
“Navoiyuran” axborot xizmatiga ko‘ra, korxonada xalqaro ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti” va ISO 37301 “Komplayens menejmenti” standartlari joriy etildi. Bu standartlar korxonada korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan samarali boshqaruv tizimining mavjudligini hamda komplayens-menejment sohasidagi jahon andozalariga mos ish yuritilishini ko‘rsatadi.
5 iyun kuni "CERT International" xalqaro sertifikatlash tashkilotining bosh auditori Riad Ibragimov mazkur standartlar bo‘yicha sertifikatlarni “Navoiyuran” DK Bosh direktori Djamal Fayzullayevga tantanali ravishda topshirdi. Ushbu sertifikatlar korxonaning ESG (Environmental, Social, Governance) tamoyillariga qat’iy amal qilishini va jahon miqyosidagi talablarga mos ish yuritishini yana bir bor tasdiqladi.
Eslatib o‘tish joizki, “Navoiyuran” davlat korxonasi bugunga qadar xalqaro ISO standartlarining beshta turi bo‘yicha sertifikatlarga ega. Ularning orasida ISO 9001 (Sifat menejmenti), ISO 14001 (Ekologik menejmenti), ISO 45001 (Mehnatni muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlash menejmenti), ISO 27001 (Axborot xavfsizligi menejmenti) va ISO 50001 (Energetika menejmenti) standartlari mavjud.
Xalqaro ISO standartlari sonining 7 taga yetkazilishi "Navoiyuran" DKning korporativ boshqaruv, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik barqarorlik sohalaridagi islohotlarga sodiq ekanini va ESG reytingini yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
5 mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriq va vazifalar asosida "Navoiyuran" davlat korxonasi korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash va amaliyotda tizimli islohotlar olib borishni davom ettiradi.
Mavzuga oid

19:00 / 18.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajardi

19:00 / 12.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi

19:13 / 15.01.2025
2024 yilda “Navoiyuran” O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar top-3 taligiga kirdi

17:00 / 23.11.2024