Qamchiq dovonida BYD xandaqqa tushib ketdi
FVV qutqaruvchilari tomonidan Qamchiq dovonida xandaqqa tushib ketgan avtomashina olib chiqildi.

Foto: Videodan kadr
Kuni kecha A-373 Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlangan BYD rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketgani va amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida Qamchiq maxsus-qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid

15:52 / 23.06.2025
Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi

23:49 / 10.06.2025
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

19:45 / 07.06.2025