Iqtisodiyot | 15:52
6335
4 daqiqa o‘qiladi

Ikkilamchi avtomobil bozori: Chevrolet va Kia avtomobillari arzonlashdi, BYD modellari qimmatlashdi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti joriy yilning may oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishini tahlil qildi. Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas arzonlashgan. Kia'ning qator modellari narxlarida ham pasayish kuzatilgan. Utilizatsiya yig‘imining oshishi fonida elektromobillar sezilarli darajada qimmatlashgan.

Foto: Kun.uz

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2025 yilning may oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlarining o‘zgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi

Onix: ko‘p foydalanilgani 800 dollarga (13 800 dollardan 13 000 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 220 dollarga (13 700 dollardan 13 480 dollarga);

Lacetti: kam foydalanilgani 100 dollarga (14 800 dollardan 14 600 dollarga); ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (13 000 dollardan 12 900 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 75 dollarga (14 075 dollardan 14 000 dollarga);

Cobalt: kam foydalanilgani 144 dollarga (12 700 dollardan 12 556 dollarga);

Nexia: o‘rtacha foydalanilgani 100 dollarga (11 000 dollardan 10 900 dollarga);

Spark: ko‘p foydalanilgani 100 dollarga (8 900 dollardan 8 800 dollarga);

Damas: ko‘p foydalanilgani 200 dollarga (7 200 dollardan 7 000 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 200 dollarga (7 800 dollardan 7 600 dollarga), kam foydalanilgani 50 dollarga (8 050 dollardan 8 000 dollarga) arzonlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar

Hisobot davrida mahalliy lyuks avtomobillar narxi esa quyidagicha o‘zgargan:

Equinox: kam foydalanilgani 1166 dollarga (34 666 dollardan 33 500 dollarga);

Malibu: kam foydalanilgani 750 dollarga (31 250 dollardan 30 500 dollarga); o‘rtacha foydalanilgani 1450 dollarga (29 950 dollardan 28 500 dollarga);

Tracker: o‘rtacha foydalanilgani 300 dollarga (17 300 dollardan 17 ming dollarga), kam foydalanilgani 175 dollarga (18 600 dollardan 18 425 dollarga) arzonlashgan.

Shuningdek, Equinox’ning o‘rtacha foydalanilgani aprel oyiga nisbatan 700 dollarga (29 800 dollardan 30 500 dollarga), ko‘p foydalanilgani 200 dollarga (26 000 dollardan 26 200 dollarga) qimmatroq taklif etilgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan Tracker (16 000 dollar) narxida o‘zgarish kuzatilmagan.

Elektromobillar narxi

Mazkur davrda o‘rtacha foydalanilgan BYD Song Plus EV Champion 150 dollarga (26 350 dollardan 26 200 dollarga) arzonlashgan bo‘lsa, boshqa elektromobillar o‘rtacha narxi:

BYD Han: o‘rtacha foydalanilgani 2000 dollarga (32 ming dollardan 34 ming dollarga), yangisi 1100 dollarga (31 900 dollardan 33 ming dollarga);

BYD Song Plus EV Champion: yangisi 1100 dollarga (27 800 dollardan 28 900 dollarga);

BYD Yuan Up: o‘rtacha foydalanilgani 850 dollarga (19 300 dollardan 20 150 dollarga), yangisi 406 dollarga (20 500 dollardan 20 906 dollarga) qimmatlashgan.

Xorijiy avtomobillar narxi

May oyida xorijiy avtomobillar narxi ham sezilarli darajada arzonlashdi:

Kia Carnival: ko‘p foydalanilgani 3500 dollarga (36 000 dollardan 32 500 dollarga), kam foydalanilgani 2028 dollarga (47 000 dollardan 44 972 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 1000 dollarga (46 ming dollardan 45 ming dollarga);

Kia Sorento: ko‘p foydalanilgani 2100 dollarga (35 250 dollardan 33 150 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 1700 dollarga (38 000 dollardan 36 300 dollarga);

Kia K5: kam foydalanilgani 2777 dollarga (32 000 dollardan 29 223 dollarga), ko‘p foydalanilgani 350 dollarga (25 300 dollardan 24 950 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 150 dollarga (27 150 dollardan 27 ming dollarga);

Kia Sportage: ko‘p foydalanilgani 2250 dollarga (28 500 dollardan 26 250 dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 200 dollarga (30 000 dollardan 29 800 dollarga);

Hyundai Elantra: ko‘p foydalanilgani 1000 dollarga (21 ming dollardan 20 ming dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 301 dollarga (21 201 dollardan 20 900 dollarga);

Kia Seltos: ko‘p foydalanilgani 1000 dollarga (23 000 dollardan 22 ming dollarga), o‘rtacha foydalanilgani 409 dollarga (24 850 dollardan 24 441 dollarga) arzonlashdi. Shuningdek, kam foydalanilgan Elantra va Sorento mos ravishda 116 dollar (24 112 dollardan 24 228 dollarga) va 1 250 dollarga (43 250 dollardan 44 500 dollarga) qimmatlashgan.

Narxlarni tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plangan. Bunda may oyi uchun 15,5 mingta, aprel oyi uchun 15,5 mingta ma’lumotdan foydalanilgan. 

Mavzuga oid