O‘zbekiston | 15:00 / 27.06.2025
2692
3 daqiqa o‘qiladi

 “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

2025yil 22iyun kuni Green Hills Resort kompleksida Kia Sonet egalari uchun "Kia Go!" shiori ostida O‘zbekistonda sevimli va xalqchil bo‘lgan krossoverining bir yilligiga bag‘ishlangan sport-ko‘ngilochar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda barchasi chinakamiga bo‘ldi: jonli his-tuyg‘ular, drayv va birlik muhiti. Kia Sonet egalari shunchaki esda qolarli sanani nishonlash uchun emas, balki bir yil ichida Sonet shunchaki avtomobil bo‘libgina qolmay, mobillik, erkinlik va uslub ramziga aylanganini his qilish uchun yig‘ilishdi.

Tadbir dasturi mazmunli va yorqin tarzda o‘tkazildi: sport tadbirlari, jamoaviy o‘yinlar, o‘zbek an’analari va kinematografiyasi mavzusidagi intellektual kviz. Lekin ijodiy chellenj haqiqiy xit sifatida namoyon bo‘ldi, ya’ni kelajakning o‘z Kiaʼsini o‘ylab topish va taqdim etish. Ishtirokchilar o‘zlarini hazil-mutoyiba, kreativlik tomonidan ko‘rsatishdi. Kimdir quyosh batareyaga ega, kimdir o‘zbek tilida ovoz bilan boshqariladigan uchar Sonetʼni taklif qildi.

Tadbirlar oralig‘ida ishtirokchilar shinam launj-zonada dam olishdi, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi, xushbo‘y qahva ichishdi va kompleks restoranida tushlikdan bahramand bo‘lishdi. Bu shunchaki tadbir emas edi – bu umumiy qadriyatlarga ega bo‘lgan insonlarning uchrashuvi bo‘lib, unda nafaqat avtomobillar muhokamasi, balki shunchaki bir-birlarining do‘stona muhitidan zavqlanishdi.

Xususan, xonanda Muhammadziyo jonli ijroda chiqish qilib, Kia Sonet’ga bag‘ishlangan yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi. Mazkur trek modelga bo‘lgan muhabbatning haqiqiy musiqiy e’tirofi bo‘ldi.

Kunning yakuniy qismida ishtrokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ularni mashhur bloger va Kia ambassadorlari topshirdilar.

“Kia Go!” ishtirokchilari tadbir uchun tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirishdi.

O‘zbekistonda model ishga tushirilgandan buyon 15 000 dan ortiq Kia Sonet avtomobili o‘z egalarini topdi. Bu Kia brendiga avtohavaskorlar tomonidan bildirilayotgan ishonchning eng yaxshi tasdig‘idir. Sonet harakat va erkinlikni qadrlaydigan faol insonlarni birlashtirishga ulgurdi. “Kia Go!” loyihasi esa bu avtomobil ortida shunchaki brend emas, balki hamfikrlarning jonli hamjamiyati turganini yaqqol ko‘rsatdi. Bu esa katta yo‘lning boshlanishi xolos.

Kia avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Kia avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va O‘zbekistondagi narxlari bilan kia.uz saytida tanishish mumkin.

Telefon: (+998) 55−500−83−33

Sayt| Facebook | Instagram | Telegram | YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid