Jamiyat | 11:29
3770
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tarixiy yodgorlikka 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

VI-XV asrlarga oid Xonobodtepa arxeologiya yodgorligi hududi orqali ixtisoslashgan korxona tomonidan kanalizatsiya quvuri o‘tkazilgan.

Prokuratura organlari tomonidan madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, bu kabi tadbirlarda Toshkent shahridagi VI—XV asrlarga oid Xonobodtepa arxeologiya yodgorligi hududi orqali ixtisoslashgan korxona tomonidan 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvuri o‘tkazilib, yodgorlikning 961 metr kub qismiga 27 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, ushbu korxona tomonidan yodgorlikning yana 160 metr kub qismi ekskavator yordamida kovlanib, 4,5 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, mazkur jinoiy qilmish qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi.

Mavzuga oid