Ronaldu Saudiya Arabistonida qoldi
«An-Nasr» bilan shartnomasi muddati tugayotgani uchun Osiyodan ketishi mumkinligi aytilgan futbolchi klubi bilan 2027 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma tuzdi.

Foto: «An-Nasr» FK
«An-Nasr» portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma tuzilganini e’lon qildi.
40 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv muddati 2027 yil yoziga qadar amal qiladi.
Saudiya klubi portugaliyalik ishtirokidagi rolikni namoyish etgan. Video oxirida Ronaldu plyajda turgan holatda shunday deydi: «Doim „An-Nasr“!»
«Tarix davom etadi», — deyilgan klub xabarida.
Futbolchining o‘zi ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu haqda e’lon bergan. «Yangi sahifa ochilmoqda. O‘sha ehtiros, o‘sha orzu. Keling, birgalikda tarix yarataylik», – deya yozgan Ronaldu.
Krishtianu faoliyati davomida «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublarida to‘p surgan. U 2023 yil yanvarida «An-Nasr» safiga kelib qo‘shilgandi. O‘tgan vaqt mobaynida forvard jamoa uchun barcha turnirlar doirasida 105 o‘yin o‘tkazib, 93 gol urgan va 19 golga uzatma bergan.
Ronaldu bu klubda qo‘lga kiritgan yagona sovrin — 2023 yilda o‘rtoqlik maqomidagi Arab chempionlari kubogini yutish bo‘lgandi.
Yakunlangan mavsumda ham «An-Nasr» sovrinsiz qoldi. Ar-Riyod shahri jamoasi Saudiya Arabistoni chempionatida 70 ochko to‘plab, turnir jadvalida «Al-Ittihod» va «Al-Hilol» jamoalaridan keyin uchinchi o‘rinni egallash bilan kifoyalandi, OChLni esa yarimfinalda tark etdi. Shu bilan birga, Ronaldu ichki chempionatda to‘purar bo‘ldi.
Mavzuga oid

09:36 / 05.06.2025
40 yoshli Ronaldu Portugaliyani Millatlar ligasi finaliga olib chiqdi

15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi

14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi

15:28 / 30.01.2025