Reuters: G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi
OAVning yozishicha, Vashingtonga rejalashtirilgan kommyunike matnidagi Rossiyaga tegishli va go‘yoki Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan ayrim iboralar yoqmagan.

Foto: Mark Schiefelbein/AP Photo/picture alliance
Kanada hozirda mezbonlik qilayotgan G7 sammitidan so‘ng Ukrainadagi urush bo‘yicha «kuchli» qo‘shma bayonot chiqarish rejasidan voz kechdi. Bunga AQShning qarshilik ko‘rsatishi sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Reuters agentligi 18 iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi Kanada hukumatidagi manbalarga tayanib.
CBC News yozishicha, Vashingtonga Rossiyaga nisbatan rejalashtirilgan kommyunikedagi ayrim iboralar yoqmagan: Oq uy ular Rossiya bilan Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha keyingi muzokaralarga to‘sqinlik qilishidan xavotirda. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, sammitga raislik qilayotgan Kanada bosh vaziri Mark Karni o‘z bayonotida uning bir qismini ishlatishni rejalashtirgan.
G7 davlatlari Ukraina bo‘yicha yakuniy bayonot o‘rniga, xususan, Yaqin Sharqdagi vaziyat, sun’iy intellekt, migratsiya va muhim mineral resurslar bo‘yicha yana bir qancha qo‘shma bayonotlar e’lon qildi.
Mavzuga oid

18:25
Xominaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi

15:00
Hegset: AQSh NATOga sodiq qoladi, lekin ittifoqchilardan ko‘proq xarajatlarni kutadi

12:30
AQShda Rossiyaga bosim strategiyalari bo‘yicha ishchi guruh tarqatib yuborildi

10:45